19:23 / 16.07.2024
7

Bayden Tramp bilan navbatdagi debatga tayyorligini aytdi

Bayden Tramp bilan navbatdagi debatga tayyorligini aytdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden sentyabr oyida respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan debatda uchrashishga tayyorligini aytdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

"Men, u bilan kelishib olganimizdek, debat o‘tkazmoqchiman va sentyabr oyida debat o‘tkazishga rozi bo‘ldim", dedi Bayden.

Pezidentlikka da’vogarlar Bayden va Tramp o‘rtasidagi ilk debat 28 iyun kuni Atlantada bo‘lib o‘tgandi. Bayden debat davomida duduqlanib, fikrlarini aniq ifoda eta olmagan va bahs oxirida rafiqasi Jill yordamida sahnadan tushgan. Keyingi debatlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda nima qilishi haqidagi savolga AQSH prezidenti shunday javob bergan:

"Men bunday darajadagi yana bir debat o‘tkazishni rejalashtirmayman", dedi u.

Shuningdek, siyosatchi Trampni hali ham “Amerika demokratiyasi uchun tahdid” deb bilishini aytgan. Ammo uni “nishon markaziga” qo‘yish zarurligi haqidagi so‘zlaridan afsusdaligini bildirgan.

"Bu so‘zdan foydalanish xato edi. Lekin men “nishonga ol” deganim yo‘q-ku. Men “nishon markazi”ni nazarda tutgandim. Aynan u nima qilayotganiga e’tibor qaratish kerak. Debatlar paytida u bergan yolg‘on bayonotlarga e’tibor qaratish lozim", degan u.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Tramp bilan navbatdagi debatga tayyorligini aytdi