12:01 / 21.07.2024
154

Anant Ambani va Radhika Merchantning g‘ayrioddiy sevgi hikoyasi

Anant Ambani va Radhika Merchantning g‘ayrioddiy sevgi hikoyasi
2024 yilning 12 iyul kuni Hindistonda “asr to‘yi” bo‘lib o‘tdi — Anant Ambani va Radhika Merchantning uch kunlik katta to‘y marosimi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Anant Ambani Hindiston va butun Osiyoning eng boy odami — Mukesh Ambanining kenja o‘g‘li bo‘lib, otasi 2023 yilda Forbes reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. Bugungi kunda uning boyligi 113,8 milliard dollarga baholanmoqda. Ambani daromadi eng yirik neftni qayta ishlash kompleksi, media guruhi va sintetik to‘qimachilik ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan konglomeratdan keladi. Oilaviy biznesga Mukeshning otasi asos solgan, ammo merosxo‘r biznesni sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kelin ham bu oilaga mos — Radhika Merchant 2002 yilda Encore Healthcare farmatsevtika kompaniyasiga asos solgan Viren va Sheyla Merchant oilasida tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i kabi Radhika ham badavlat oilada o‘sgan. Aytgancha, Anantning ota-onasi bolalikdan pulga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirishga harakat qilgan. Shunday qilib, maktabda u bir hafta uchun atigi 5 rupiy cho‘ntak puli olgan — boshqa bolalar “Sen Ambanimisan yoki tilanchimisan?” deb uni masxara ham qilishgan.

Anant va Radhika bir xil ijtimoiy doiralardan bo‘lgani va ikkalasi ham Mumbayda o‘sgani uchun ular bolalikdan do‘st bo‘lgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng, ikkalasi ham AQSHga o‘qishga ketishadi, ammo turli universitetlarga o‘qishga kirishadi. Anant Rod-Aylenddagi Braun universitetiga, Radhika esa Nyu York universitetida siyosatshunoslikka tahsil olgan.

Keyinchalik ham yoshlar bir-biri bilan gaplashib turishadi, ehtimol, o‘sha vaqtda ular o‘rtasida ishqiy munosabatlar paydo bo‘lgandir. 2018 yilda ular diplom olganlaridan bir yil o‘tgach, internetda juftlikning birgalikdagi fotosurati paydo bo‘ldi, bu bolalikdagi do‘stlik sevgiga aylanganiga aniq ishora edi.

Suratda Radhika va Anant bir xil rangda kiyinib olgan. Merchant Ambanilarning oilaviy tantanalarida Anant bilan qo‘l ushlashib, qatnasha boshlaganida, ular haqida jiddiy gapira boshlashadi. 2022 yil dekabr oyida sevishganlar unashtiriladi.

O‘shanda Anant qallig‘iga ta’sirli nutq so‘zlaydi.

Menga 100 foiz omad kulib boqdi. Bunga hech qanday shubham yo‘q. Har kuni men uni yanada ko‘proq sevaman. Pochcham aytganidek, opamni ko‘rganida yuragida vulqonlar, favvoralar uyg‘ongan ekan. Lekin men Radhikani ko‘rganimda yuragimda zilzilalar, sunamilar sodir bo‘ladi, degan bo‘lardim”, deydi shoirona tarzda kuyov.

Aytgancha, juftlikning munosabatlari koronavirus pandemiyasi paytida birgalikda o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish orqali sinovdan o‘tgan. O‘shanda ular Jamnagarda qolib ketishadi va bir necha oy oilalarini ko‘ra olmaydilar.

Bu oson bo‘lmasa-da, biz hayotning kichik quvonchlarini qadrlashni o‘rgandik”, deb tan oladi Radhika.

Munosabatlarning boshida Anant sevgilisiga sevgi maktublarini yozgan va ularni ehtiyotkorlik bilan asrab qo‘ygan. Ikkalasi ham 22 yosh bo‘lganida yozilgan bir maktubning satrlari to‘ydan oldingi bazmlarda kelinning liboslaridan biriga naqsh qilib tushirildi.

U tug‘ilgan kunimda u uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligim haqida uzun maktub yozgandi. Men uni avlodlarimiz uchun saqlab qo‘ygim ​​keldi – men buni farzandlarim va nevaralarimga ko‘rsatishni va “bizning sevgimiz shunday bo‘lgan” deyishni xohlayman, deydi Merchant intervyusida.
Biroq yangi kelin-kuyov farzand ko‘rish rejalari bilan o‘rtoqlashmagan: ikkalasi ham oilaviy biznesdagi karyeralari bilan band. Radhika farmatsevtika kompaniyasining direktorlar kengashida, xuddi Anant otasining kompaniyasida yuqori lavozimni egallagani kabi mavqega ega.

Anant Ambani ko‘p yillar davomida ortiqcha vazn bilan kurashib keladi. Birdaniga vazn yo‘qotishdan so‘ng, Anant 2020 yilda yana semirishni boshladi. Bu kurash eng boy odamning merosxo‘ri bolaligidan azob chekadigan surunkali astma bilan yanada og‘irlashgan.

Hozirda Anant va Radhika bo‘lajak farzandlari o‘rniga yovvoyi hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilmoqdalar – ikkalasi ham butun Hindiston bo‘ylab xayriya ishlari va fillarni qutqarish bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anant Ambani va Radhika Merchantning g‘ayrioddiy sevgi hikoyasi