date
views 390

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi
Foto: AFP
Rossiya Mudofaa vazirligi rus qo‘shinlari Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoye qishlog‘ini egallab olganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 17 kishi yashagan.

Peschanoye qishlog‘i esa Chuguyevskiy tumanida joylashgan. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarida qishloqda 79 kishi yashagani qayd etilgan. Ukraina harbiy muxbiri Bogdan Miroshnikov ham Rossiya armiysi mazkur qishloqni bosib olganini aytgan. Ukraina armiyasi bosh shtabi hozircha mazkur xabarlarga munosabat bildirmagan.

Rossiya armiyasi Zaporoje viloyatiga yangi hujum to‘lqinini boshlashga hozirlik ko‘rayotganga o‘xshaydi”, — deydi Mariupol meri Andryushchenko.

Ular turli hududlardan, shuningdek, Novoazovsk va Donetskdan qo‘shinlarni olib kelishmoqda. Endilikda Zaporoje viloyati tomon Berdyansk yoki Primorsk orqali harakatlanishmayapti. Ko‘pincha bu yo‘nalish Rozovka-Pologa, Tokmakdir, ya’ni front chizig‘iga yaqinroq, deydi mer.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi