00:02 / 23.07.2024
20

Isroil askarlari G‘azoda BMT karvonini o‘qqa tutdi

Isroil askarlari G‘azoda BMT karvonini o‘qqa tutdi
Foto: Google Images
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) bosh komissari Filippe Lazzarini 21 iyul yakshanba kuni Isroil askarlari G‘azoga ketayotgan BMT karvonini o‘qqa tutganini ma’lum qildi.

Isroil qo‘shinlari G‘azo shahriga ketayotgan BMT karvoniga o‘t ochdi. Jabrlanganlar yo‘q, bizning jamoa vakillari berkinishga majbur bo‘ldi”, deb yozadi Lazzarini.

Komissarning aytishicha, jamoa vakillari BMTning belgisi tushirilgan zirhli transport vositalariga minib, jilet kiyib olgan bo‘lgan. Mashinalardan biriga nazorat punkti oldida turganda kamida beshta o‘q tegdi.

Guruhlar keyinroq to‘planib, nihoyat G‘azo shahriga yetib kelishdi. Qayd etilishicha, BMTning boshqa barcha shu kabi harakatlari kabi bu karvonning yo‘nalishi ham Isroil hukumati tomonidan muvofiqlashtirilgan va ma’qullangan bo‘lgan. Shunga qaramay, Isroil askarlari tomonidan o‘qqa tutilishini BMT tashkiloti qoralab chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil askarlari G‘azoda BMT karvonini o‘qqa tutdi