17:24 / 24.07.2024
213

Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun o‘z raketalarini ishlab chiqmoqda

Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun o‘z raketalarini ishlab chiqmoqda
Foto: Getty Images
Ukraina o‘zining uzoq masofaga uchadigan raketalarini ishlab chiqmoqda va ularni qo‘llashni boshlashga yaqin. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

Bizning raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega va bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, biz asta-sekin o‘z raketalarimizni qo‘llash imkoniyatiga yaqinlashmoqdamiz va nafaqat sheriklardan yetkazib beriladigan raketalarga tayanamiz”, dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining vazifasi rus qo‘shinlarini, ularning moddiy-texnik ta’minoti va pozitsiyasini mag‘lub etishdan iborat.

Avvalroq Zelenskiy G‘arb davlatlaridan ularning raketalari yordamida Rossiya aerodromlariga zarba berish uchun ruxsat berishga chaqirgandi. Siyosatchi ularni yo‘q qilish “Rossiyaning urushni davom ettirish qobiliyatini pasaytirishini” aytgan.

Ukraina prezidenti bu kabi harakatlar harbiy mojaroning kuchayishiga olib kelishini istisno qilgan. Misol tariqasida u ATACMS raketalarini Rossiya hududiga cheklangan masofadan uchirish ruxsat berilganini aytgan.

Bu eskalatsiyaga olib keldimi? Yo‘q. Aksincha, Putinning urushni kengaytirishga urinishlariga to‘sqinlik qildi. Putin javob berdimi? Yo‘q”, deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning fikricha, Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berishga qancha kam cheklov bo‘lsa, “Rossiya tinchlik yo‘lida harakat qilishga shuncha ko‘p harakat qiladi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun o‘z raketalarini ishlab chiqmoqda