15:18 / 25.07.2024
399

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi
Foto: Ochiq manbalardan olindi
Qozog‘istonda Qo‘stanay bosh imomi Baxitbek Tajimbet mast holda mashina boshqargani uchun 15 sutkaga qamaldi. Musulmonlar diniy boshqarmasi imomni lavozimidan chetlatib, musulmonlardan uzr so‘radi.

Tajimbet Baxitbek Nurgabilovich Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 608-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilsin, 15 sutkaga qamoqqa olish va 7 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi tayinlansin”, deyiladi sud qarorida.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 23 iyul kuni sodir bo‘lgan. Imom klub yaqinida mast holda Toyota Highlander avtomobilini haydab ketayotganida qo‘lga olingan. Biroq sud jarayonida u o‘z aybini tan olmagan. Sudda imomga nisbatan ish yopiq tarzda o‘tkazilgan. Uning aybi tergov tomonidan isbotlangan.

Diniy boshqaruv tizimida huquqiy normalari va odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgan shaxslar diniy sohada ishlashga ma’naviy huquqqa ega emas. Musulmonlar diniy boshqarmasi Baxitbek Tajimbetni nomaqbul xatti-harakati uchun Qo‘stanay viloyati bosh imomi lavozimidan ozod qildi. Boshqarma voqeani katta afsus bilan qabul qiladi va musulmon jamoatchiligidan uzr so‘raydi. Alloh barchamizni yomon va pushaymon bo‘ladigan ishlarni keltirib chiqaradigan xudbin istaklarimizdan himoya qilsin”, deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi