22:18 / 25.07.2024
113

Parij Markaziy osiyoliklarga ishonchini yo‘qotmoqda

Parij Markaziy osiyoliklarga ishonchini yo‘qotmoqda
Foto: BAI media.k
Fransiya maxsus xizmatlari Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar o‘rtasida keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazmoqda.

Parij “Islomiy davlat”ning (ISHID) afg‘on bo‘linmasi 26 iyul kuni boshlanadigan Olimpiada o‘yinlarida ommaviy hujum uyushtirish uchun diasporadan foydalanishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Aksar jamoalarda tekshiruvlar o‘tkazilganligini Fransiya IIV rahbari Jerald Darmanin tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari possovet hududidan Fransiyaga kelganlarni “ayniqsa diqqat bilan kuzatadi”.

Reuters nashri Fransiya xavfsizlik apparati birinchi bo‘lib diqqatini Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlarga qaratgani haqida xabar bergan. Huquq-tartibot idoralari sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan muhojirlar haqida tezkor ma’lumotlarni to‘plash va ularning jamoalari bilan til topishishga harakat qilayotganini aytgan. Fransiyaning tegishli idoralari yaqinda Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarda yashovchi va yoshlarni internet orqali ishga yollovchi o‘nga yaqin VX kuratorlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Mahalliy IIVga ko‘ra, o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida huquq-tartibot idoralari xodimlari allaqachon 1 million kishi ustidan tekshiruv o‘tkazgan. Ular ko‘ngillilar, ishchilar va Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidagi boshqa ishtirokchilarni qamrab olgan. Tekshiruvlar natijasida 5 ming nafarga yaqin kishiga sport tadbirlariga kirishga ruxsat berilmagan.

Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, Fransiya razvedka idoralarining tojik yoki o‘zbek jamiyatlariga kirib borishga urinishlari muvaffaqiyatsiz va hatto zararli bo‘lishi mumkin. Ularga ko‘ra, Markaziy osiyoliklarga bosim o‘tkazish qoralash sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, jihodchi hujayralarning haqiqiy vakillarini topish ehtimolini kamaytiradi.

Fransiya rahbariyati 2016 yilda Rio-de-Janeyroda yoki 2012 yilda Londonda bo‘lgani kabi poytaxt tashqarisida to‘laqonli Olimpiya bog‘ini qurish o‘rniga, tadbirning bir qismini Parijning markazida mahalliylashtirishga, qolganlarini esa shahar tashqarisi bo‘ylab o‘tkazishga qaror qilgan.

"VX fenomeni kontekstida Fransiya xavfsizlik kuchlari oldida turgan muammolardan biri shundaki, fransuz razvedkasi Markaziy Osiyoda deyarli hech qanday muhim aktivlarga ega emas. Afg‘onistonning o‘zi, 2021 yilda xorijiy qo‘shinlar evakuatsiya qilinganidan so‘ng, G‘arb davlatlari uchun yanada kulrang hududga aylangan", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij Markaziy osiyoliklarga ishonchini yo‘qotmoqda