15:00 / 26.07.2024
332

Yaponiya imperatorlik oilasi amal qilishi shart bo‘lgan 6 ta noodatiy qoida

Yaponiya imperatorlik oilasi amal qilishi shart bo‘lgan 6 ta noodatiy qoida
Yaponiya imperatorlik uyi 2500 yildan beri mavjud va shuning uchun qirollik oilasida juda ko‘p qadimiy odatlar va taqiqlar bor. Hozirgi kunda ham ularga qat’iy rioya qilish kerak.

Imperator oilasi a’zolariga ishlashga ruxsat berilmaydi

Imperator Naruxito va qirolicha Masako imperator saroyining balkonida, 4 may, 2019 yil
Ko‘pgina Yevropa monarxiyalaridan farqli o‘laroq, Yaponiya qirollik oilasi a’zolarining ishlashiga ruxsat berilmaydi. Ular faqat xayriya tashkilotlarida norasmiy ishlashlari mumkin, ammo bu holatda ham imperatorning ruxsati talab qilinadi.

Ayollarga oddiy odamlar bilan turmush qurishga ruxsat berilmaydi

Yoshiki Kuroda va Sayako Kuroda (sobiq malika Nori) to‘y matbuot anjumanida, Tokio, 15 noyabr, 2005 yil
Imperator oilasidan bo‘lgan ayollarga oddiy odamlarga turmushga chiqish taqiqlangan. Aks holda qiz o‘zining barcha unvonlari va qirollik imtiyozlaridan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ammo sobiq malika Nori 2005 yilda uzoq yillik do‘sti, dizayner Yoshiki Kuroda bilan turmush qurish uchun o‘z maqomidan voz kechadi.

Biroq qirollik oilasidan bo‘lgan erkaklarga oddiy oila qizlariga uylanish taqiqlanmagan. Shu sababli taqiq ikki tomonlama standartlar va Yaponiya monarxiyasidagi ayollar mavqeyi haqida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ladi.

Imperator uyi siyosatdan tashqari hisoblanadi

Imperator Naruxito va rafiqasi Masako Donald va Melaniya Tramp bilan uchrashuvda, Tokio, 28 may, 2019 yil
Bu qoida yapon qirollik oilasini britaniyaliklar bilan birlashtiradi: ikkala qirollik a’zolari siyosiy jihatdan betaraf hisoblanib, saylovlarda ovoz berolmaydi yoki ishtirok etolmaydi. Biroq Buyuk Britaniyada qirol oilasi va parlament o‘rtasidagi so‘zsiz kelishuv bo‘lsa, Yaponiyada taqiqning mohiyati konstitutsiyada mustahkamlangan.

Yaponiya qirollik oilasining familiyasi yo‘q

Yaponiya qirollik oilasi imperator saroyida, 14 dekabr, 2010 yil
Vindzor yoki Oranskiy-Nassau (Niderlandiya) uyidan farqli o‘laroq, Yaponiya imperator oilasida umumiy familiya yo‘q. Buning o‘rniga, qirollik oilasi faqat tanlangan nomlardan foydalanadi. Shunday qilib, hozirgi qirollik juftligi — imperator Naruxito va imperator rafiqasi Masako.

Ayollar monarx bo‘la olmaydi

Malika Kako va malika Mako Imperator saroyida, 22 oktyabr, 2019 yil
Avvallari bunday bo‘lmagan — Yaponiya taxtini 8 nafar imperator ayol boshqargan. So‘nggi qirolicha Go-Sakuramati 1771 yilda taxtdan voz kechadi. 1889 yilda esa mamlakatda Meydzi Konstitutsiyasi qabul qilinadi, unda ayollar taxt vorisligidan chetlashtiriladi.

XXI asr boshlarida qirollik oilasi erkak merosxo‘rlar yetishmovchiligiga duch kelgani sababli bu holatga jiddiy e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda Yaponiyada ko‘pchilik bu qonunni qayta ko‘rib chiqish kerak degan fikrda, ammo hozircha amaldorlar hech narsani o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.

Sovg‘a olish yoki berish mumkin emas

Malika Mako Boliviyadagi muxlislari bilan, 19 iyul, 2019 yil
Yaponiya qirollik oilasiga maxsus ruxsatsiz sovg‘a berish yoki olish qonun bilan taqiqlangan. Mamlakat konstitutsiyasida shunday deyilgan: “Imperator uyi tomonidan hech qanday mulk berilishi yoki olinishi mumkin emas, shuningdek Seyma (Yaponiya parlamenti) ruxsatisiz hech qanday sovg‘a qilinmaydi”.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya imperatorlik oilasi amal qilishi shart bo‘lgan 6 ta noodatiy qoida