00:19 / 28.07.2024
16

Indoneziya sanksiyalarga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etadi

Indoneziya sanksiyalarga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etadi
Foto: mk.ru
Indoneziya sanksiyalarga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etadi. Bu haqda Jakartadagi hukumat manbalariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Indoneziya hukumati mamlakatdagi resurslar bilan bog‘liq nisbatan muammoli vaziyat tufayli Rossiya bilan hamkorlik masalasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Agar bu manfaatli deb topilsa, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Moskva bilan hamkorlik davom ettiriladi.

Indoneziyada davlat nazorati ostidagi neftni qayta ishlash uyushmasi “Pertamina” joriy yilning sentyabr oyida neft sotib olish bo‘yicha o‘tkaziladigan tender ishtirokchilari ro‘yxatiga Rossiyani ham kiritgan. Endilikda Moskva maqbul shartlar asosida Jakartaga neft eksporti bo‘yicha loyihalar taklif qila oladi.

“Pertamina” 2022 yilda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganida Moskvadan importni to‘xtatgan edi. Bu harakat G‘arb sanksiyalari bilan birdamlik kontekstida amalga oshirilgan. Ikki yillik tanaffus davomida birlashma neft yetkazib beruvchilarda uzluksizlik va narxlar o‘zgarishi kabi holatlarni kuzata boshlagan.

Indoneziya Rossiyadan neft importiga embargo joriy etgan bo‘lsa-da, sanksiyalar ro‘yxatiga rasman qo‘shilmagan. Chunki bu hukumatning Moskva bilan aloqalari juda yaxshi bo‘lgan va ikki tomonlama manfaatdorlikka asoslangan.

G‘arbning Rossiya energetika sektoriga qarshi sanksiyalari, jumladan, Yevropa Ittifoqining neftga embargosi ​​va narxlarni cheklash mexanizmi Xitoy, Hindiston va Turkiyani Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylantirgan. Hozirda ushbu davlatlar Rossiya neft eksportida 70 foizdan oshiq ulushni egallab turibdi.

“Pertamina”ning rejalari bilan tanish bo‘lgan manbalardan birining aytishicha, kompaniya Rossiya neftini faqat narxlar chegarasi bo‘yicha sotilgan taqdirdagina sotib olishi mumkin. Bunda bir barrel neft uchun maksimal qiymat 60 dollar etib belgilanadi.

G‘arb hukumatlari Indoneziyaning qaroriga e’tiroz bildirgan. Jakarta rahbariyati Moskva bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqishga, muqobil va ishonchli variantlarni tanlashga chaqirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya sanksiyalarga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etadi