11:05 / 30.07.2024
103

Kim Chen Inning 11 yoshli qizi KXDR rahbari bo‘lishi mumkin

Kim Chen Inning 11 yoshli qizi KXDR rahbari bo‘lishi mumkin
Kim Chen In va qizi Kim Chju E.
Foto: Rg.ru

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati (NIS) ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hukumati Kim Chju Eni mamlakat rahbarligi uchun «kuchli nomzod», deb hisoblaydi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Kim Chen Inning qizi ommaga ko‘proq ko‘rinish berayotganiga qarab NIS shunday xulosaga kelgan.

Shimoliy Koreya rahbarining o‘zgarishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lishi Kim Chen Inning salomatligi yomonlashib borayotgani bilan bog‘liq. Janubiy Koreya razvedkasi to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, unda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi yuqori, bu stress, tamaki va alkogolga ruju qo‘yish oqibati bo‘lishi mumkin.

Kim Chju E — yagona tanlov emas, kelgusida Shimoliy Koreya hukumati boshqa nomzodlarni, jumladan, KXDR rahbarining boshqa farzandlaridan birini tanlashi ham mumkin, deyiladi NIS bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning 11 yoshli qizi KXDR rahbari bo‘lishi mumkin