22:17 / 01.08.2024
48

Latviya sobiq amaldori Lukashenko bilan yashirin muzokara o‘tkazishni taklif qildi

Latviya sobiq amaldori Lukashenko bilan yashirin muzokara o‘tkazishni taklif qildi
Foto: Getty Images
Latviya sobiq ichki ishlar vaziri Maris Gulbis Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan yashirin muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan chiqdi, deya BALTNЕWS xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, sobiq amaldor Boltiqbo‘yida noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq inqirozni hal qilish bir shaxsga – Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga bog‘liqligini aytgan. Shu sababli Lukashenko bilan kelishuvga erishishga harakat qilish kerakligini ta’kidlagan.

Menimcha, biz Lukashenkoga diplomatlarimizdan iborat maxfiy delegatsiyani jo‘natishimiz va shunchaki so‘rashimiz kerak: Aleksandr, senga nima kerak? Avvalo, siz unga Latviya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bu muhojirlar oqimidan manfaatdor emasligini tushuntirishingiz kerak”, deya Gulbisning so‘zlarini keltiradi nashr.

Avvalroq Latviya hukumati noqonuniy muhojirlar oqimi sabab Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy etgan va chegarani qo‘riqlash uchun armiya bo‘linmalarini jalb qilgan edi. Respublika hukumati Belarus tomonini “Yevropa Ittifoqiga migratsiya bosimini yaratishda” ayblagan, ular Minskda Riganing bu tezislarini asossiz deb atagan.

31 iyul kuni Riga Belorus bilan chegarada himoya to‘siqlari qurilishini yakunlaganini e’lon qilgandi. Ta’kidlanishicha, chegara to‘siqlaridan tashqari, rasmiylar Latviya—Belarus chegarasida infratuzilmani rivojlantirishi kerak bo‘ladi va loyihaning umumiy qiymati 125 million yevrodan oshadi.

Iyul oyida Lukashenko vizasiz rejimni joriy etish qarorini e’lon qilgan. Mazkur qaror Yevropaning 35 mamlakati fuqarolari uchun amal qilib, 19 iyuldan boshlab ular Belarus hududiga vizasiz kirishlari va qolishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya sobiq amaldori Lukashenko bilan yashirin muzokara o‘tkazishni taklif qildi