00:30 / 02.08.2024
33

Olimlar 2,1 milliard yillik sirli hayot shakllarini topdi

Olimlar 2,1 milliard yillik sirli hayot shakllarini topdi
Foto: Poitiers universiteti
Xalqaro paleontologlar jamoasi murakkab hayot evolyutsiyasi xronologiyasini sezilarli darajada kengaytiradigan yangi tadqiqotlarni taqdim etdi.

Tadqiqot natijalari Precambrian Research jurnalida chop etilgan va Sci News tomonidan qisqacha tavsiflangan. Yangi kashfiyot aslida Yerdagi murakkab hayotni “qaritgan”. Hozirgacha birinchi murakkab hayot shakllari Yerda taxminan 635 million yil oldin paydo bo‘lgan deb hisoblanar edi.

Biroq xalqaro tadqiqotchilar guruhi Markaziy Afrikaning Atlantika sohilidagi Fransvil havzasida olib borilgan tadqiqotlar davomida taxminan 2,1 milliard yil avval paydo bo‘lgan ekotizim izlarini aniqlagan.

Shu tarzda eng qadimgi murakkab organizmlarning yoshi bir vaqtning o‘zida 1,5 milliard yildan ko‘proqqa oshgan. Olimlar dengiz cho‘kindi jinslarida lobulyar makrofossillarni topib, ularni geokimyoviy tahlil qilgan. Kompyuter modellashtirish mazkur tadqiqotda yordam bergan.

Biz ishonamizki, Kongo va San Fransisko kratonlarining to‘qnashuvi va bitta asosiy massivga birikishidan keyin paydo bo‘lgan suvosti vulqonlari oziq moddalarga boy, sayoz ichki dengizni yaratib, dunyo okeanidan bu suv oqimini yanada cheklab qo‘ygan va hatto uzib qo‘ygan", deydi doktor Ernest Chi Fru.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uzoq vaqt davomida siyanobakteriyalarning fotosintezi juda faol va ko‘p bo‘lgan mahalliy muhitga aylangan. Shunga ko‘ra, suvda ko‘p miqdorda oziq-ovqat resurslari paydo bo‘lgan va tana hajmini oshirish hamda yanada murakkab xatti-harakatlar uchun yetarli energiya paydo bo‘lgan.

Bu davrdagi qoldiqlar keyinchalik yo‘q bo‘lib ketgan murakkab organizmlarning birinchi namunalarini beradi. Olimlar ularni hayotning sirli shakli deb atab, “Yerning ilk sohiblari”ga mahalliy atrof-muhit chegaralaridan tashqariga chiqishga va global pozitsiyani egallashga nima to‘sqinlik qilganini hali tushuntirib bera olmasligini ta’kidlagan. Murakkab hayot evolyutsiyasi ikki bosqichli bo‘lib, ulkan vaqt davrlari bilan ajratilgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar 2,1 milliard yillik sirli hayot shakllarini topdi