
Somali poytaxti Mogadishoda terakt oqibatida armiya generali Muhammad Jamol Guba’l va uning tansoqchilari o‘ldirildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri. Hujum mamlakat mudofaa vazirligi binosi yaqinida amalga oshirilgan.
General avtomobiliga "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi xudkushi tomonidan hujum qilingan. Mashinada generaldan tashqari uning 7 tansoqchisi bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mogadishoda amaldor shaxslarga hujumlarning qo‘payishi mamlakatda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida yangi parlamentga bo‘ladigan saylovlar bilan bog‘langan.
Bir vaqtlar mamlakatning katta qismini nazorat qilgan "Ash-Shabob" guruhi g‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi prezident Hasan Shayx Mahmud hukumatini ag‘darib tashlashga urinib kelmoqda.
Parlamentga saylovlar 25 sentyabrda boshlanib, 10 oktyabrda tugashi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar