21:13 / 07.08.2024
43

Zelenskiy Ukrainadagi harbiy holatni yana 90 kunga uzaytirdi

Zelenskiy Ukrainadagi harbiy holatni yana 90 kunga uzaytirdi
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatning avvalgi uzaytirilishi 11 avgustda tugashi kerak edi.

Mamlakatda harbiy holat 2024 yilning 22 fevralida joriy qilingan. O‘shandan beri u muntazam ravishda uzaytirildi.

Vladimir Zelenskiy oxirgi marta joriy yilning 9 may kuni, prezidentlik muddati tugashi arafasida harbiy holatni uzaytirgan edi. Avvalroq u Kiyevning maqsadi bu yil Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun asos tayyorlashdan iborat ekanini ma’lum qilgandi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Ukraina “tinchlik formulasi”ni amalga oshirish ustida ishlashda davom etmoqda. U, xususan, Botsvana Shveysariyadagi sammit kommyunikesiga qo‘shilganini aytgan. Bundan tashqari, ishchi guruhlar a’zolari bilan “tinchlik formulasi” bandlarining mazmun-mohiyati yuzasidan muzokaralar davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukrainadagi harbiy holatni yana 90 kunga uzaytirdi