14:50 / 08.08.2024
30

Moscow Calling kanali ma’muri qamoq jazosiga hukm qilindi

Moscow Calling kanali ma’muri qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari
Moskvaning Cheryomushkino tuman sudi Moscow Calling Telegram-kanali ma’muri Andrey Kurshinga ayblov hukmi chiqardi. Donbassdagi jangovar harakatlarda qatnashgan Kurshin Rossiya Qurolli kuchlari haqida «feyklar» tarqatganlikda aybdor deb topilib, olti yarim yilga umumiy rejimli koloniyaga hukm qilindi, deb xabar berdi chorshanba, 7 avgust kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati.

Bundan tashqari, blogerga to‘rt yilga veb-saytlarni boshqarish taqiqlangan. Ayblov 7 yil qamoq jazosini so‘radi. Kurshin sud zalida hibsga olindi, deb yozadi "Mediazona".

Ta’qib qilishga sabab - ikkita xabar

Kurshinga qarshi jinoiy ish uning o‘n minglab obunachilarga ega bo‘lgan harbiy blogida Rossiya Kriviy Rix shahriga va Zaporijjya viloyatining Volnyanskiy tumani markaziy mintaqaviy klinik kasalxonasi tug‘uruq bo‘limiga qilingan hujumi haqidagi ikki xabardan so‘ng ochilgan. U 2023 yil avgust oyi oxirida qo‘lga olingan va uy qamog‘iga joylashtirilgan. 2024 yil yanvar oyida Andrey Kurshin «xorijiy agentlar» reyestriga kiritilgan.

Andrey Kurshin 2014 yildan beri bir necha yil «DXR» tarafida jang qilgan. Keyinchalik uning pozitsiyasi biroz o‘zgardi, u Telegram-kanalida Ukrainaga qarshi urushning radikal tarafdorlari va taniqli Z-blogerlarni tanqid qildi, deb yozadi "Mediazona". BBC rus xizmatining ta’kidlashicha, 2022 yil bahorida Moscow Calling rus qo‘shinlarining Buchadagi jinoyatlari haqida ma’lumot chop etgan kam sonli vatanparvar bloglardan biri bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moscow Calling kanali ma’muri qamoq jazosiga hukm qilindi