18:22 / 08.08.2024
755

Medvedev: Operatsiya endi boshqa narsalar qatori «Kiyevni egallash»ni ham o‘z ichiga olishi kerak

Medvedev: Operatsiya endi boshqa narsalar qatori «Kiyevni egallash»ni ham o‘z ichiga olishi kerak
Foto: Valeriy Sharifulin/ TASS
«Maxsus harbiy operatsiya» endi «ochiq-oydin ekstraterritorial xususiyat»ga ega bo‘lishi va boshqa narsalar qatori Kiyevni egallashni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Bunday fikrni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumini izohlar ekan, bildirdi.

«Ukronatsistlarning Kursk viloyatidagi terrorchilik operatsiyasi sabablari va maqsadlari allaqachon tahlillarda batafsil va xolisona aks ettirilgan. Bu pul va qurollarning yangi qismini olish uchun kamayib borayotgan kuchlar qoldiqlarini o‘z xo‘jayinlariga foydali tarzda ko‘rsatish istagi va jangovar tuzilmalarimizni qarama-qarshilikning asosiy chizig‘ida zaiflashtirishga urinishdir», - deb yozgan Medvedev.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeadan jiddiy saboq olish va Rossiya Federatsiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Oliy bosh qo‘mondonga «dushmanni shafqatsizlarcha mag‘lub bo‘lishi va yo‘q qilinishi» bo‘yicha bergan va’dasini bajarish kerak.

Voqealarning yana bir muhim siyosiy va huquqiy oqibati Medvedevning e’tiborini tortdi.

«Shu paytdan boshlab maxsus harbiy operatsiya ochiqdan ochiq ekstraterritorial xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bu endi bizning rasmiy hududlarimizni qaytarish va natsistlarni jazolash bo‘yicha operatsiya emas. Hali mavjud bo‘lgan Ukraina yerlariga borish mumkin va kerak. Odessaga, Xarkivga, Dnipropetrovskka, Mikolayivga. Kiyevga va undan tashqariga», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina reyxining ma’lum tan olingan chegaralari» ma’nosida hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi kerak. «Endi esa buni xijolatsiz va diplomatik cheklovlarsiz ochiq muhokama qilish mumkin va kerak. Bandera izdoshlarining terroristik operatsiyasi ushbu mavzudan har qanday tabularni olib tashladi. Buni hamma tushunsin, shu jumladan ingliz muttahamlari ham: biz buni o‘zimiz uchun maqbul va foydali deb hisoblagandagina to‘xtatamiz», — deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Halok bo‘lganlar uchun eng yaxshi xotira puxta o‘ylangan qasosdir, deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev: Operatsiya endi boshqa narsalar qatori «Kiyevni egallash»ni ham o‘z ichiga olishi kerak