09:46 / 09.08.2024
76

Tramp va Harris ABC telekanalida debat o‘tkazadi

Tramp va Harris ABC telekanalida debat o‘tkazadi
Foto: Reuters
AQSH prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp 10 sentyabr kuni teledebatda uchrashadi. Bu haqda 8 avgust, payshanba kuni bahsga mezbonlik qiladigan ABC telekanali ma’lum qildi. «Vitse-prezident Harris va sobiq prezident Tramp ishtirok etishlarini tasdiqlashdi», deyiladi kanal xabarida.

Demokratik nomzod Harris ijtimoiy tarmoqlarda 10 sentyabr kungi debatda ishtirok etishini tasdiqladi.

Payshanba kuni ertalab AQSHning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida respublikachi nomzod Tramp sentyabr oyida Fox News, ABC va NBC telekanallarida 4, 10 va 25 sentyabr kunlari uchta teleduel o‘tkazishni taklif qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu sanalar allaqachon telekompaniyalar bilan kelishib olingan, biroq vitse-prezident Harris jamoasi o‘z ishtirokini hali tasdiqlagani yo‘q.

Fox News va NBC uning so‘zlariga izoh bermadi. O‘z navbatida, ABC telekompaniyasi jumaga o‘tar kechasi X ijtimoiy tarmog‘ida Harris jamoasining rasmiy vakiliga tayanib, Tramp tomonidan 4 sentyabrda taklif qilingan debatda qatnashmasligini ma’lum qildi.

Tramp, shuningdek, vitse-prezidentlikka nomzodlar Devid Vens va Tim Uols o‘rtasida, sanani ko‘rsatmagan holda, debat o‘tkazish rejalarini ma’lum qildi.

Debatlar bo‘yicha to‘qnashuv

So‘nggi kunlarda Tramp va Harris jamoasi o‘rtasidagi teledebatlar bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqib ketishidan oldin, ikkinchi teledebat 10 sentyabr kuni ABC telekanalida rejalashtirilgan edi. Biroq Tramp o‘sha kuni prezidentlikka yangi nomzod Harrisga qarshi chiqish qilishdan bosh tortdi va o‘rniga 4 sentyabr kuni Fox News o‘ng telekanalida debat o‘tkazishni taklif qildi. Harrisning saylovoldi shtabi Trampni «qo‘rqqanlikda» va munozaradan «uzoqlashishni» xohlayotganlikda aybladi.

Endi Trampning yangi taklifida 10 sentyabr ham, u ilgari aytib o‘tgan muqobil 4 sentyabr ham, shuningdek, 25 sentyabr ham mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Harris ABC telekanalida debat o‘tkazadi