Foto: Google Images
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning samolyotida texnik nosozlik borligi aniqlandi, shu sababli samolyot Montana shtatidagi aeroportga jo‘natildi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, Tramp saylovchilar bilan uchrashishi rejalashtirilgan Bozmen shahriga shaxsiy samolyotda “sayohatini davom ettirgan”.
CBS News Trampning samolyoti Bozmendan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan Billings shahriga qo‘nganini ta’kidladi. Manbaning televideniye muxbirlariga aytishicha, samolyotning nosozligi xavfsizlik muammolari bilan bog‘liq emas.
Kecha, 9 avgust kuni AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va Demokratik partiyadan Kamala Harris 10 sentyabr kuni debat o‘tkazishga kelishib olgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr