Foto: The New York Times
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Harrisga nisbatan shaxsiy suhbatlarda bir necha bor behayo so‘zlarni ishlatgan. Bu haqda The New York Times (NYT) xabardor manbalardan ma’lum qildi.
Nashrning ikki suhbatdoshi Tramp Harrisni bir necha marta so‘kkanini eshitganini ta’kidlagan. Boshqa bir manbaning aytishicha, AQSH sobiq prezidenti suiqasddan keyin vazminroq bo‘lishdan bosh tortgan. Nashrning tan olishicha, sobiq davlat rahbarining jahldorligi yaqin ittifoqchilari uni manipulyatsiya qilishi uchun yaxshi zamin yaratishi mumkin.
Avvalroq Tramp Harris o‘zining uquvsizligini yashirish uchun intervyu bermasligini aytgan edi. Siyosatchining ta’kidlashicha, agar Demokratik partiya nomzodi g‘alaba qozonsa, «Amerika yo‘q qilinadi». Avgust oyida Tramp Harrisning debatlarda ishtirok etishdan bosh tortganini uning IQ darajasi pastligi bilan bog‘lagan edi.
Tramp (Respublikachilar partiyasi) va Harris (Demokratik partiya) 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSH prezidentligi saylovlarida asosiy raqobatchilar sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr