Foto: Reuters
AQSHda harbiy sirlarni Xitoy xavfsizlik xizmatlariga sotishda ayblangan askar hibsga olindi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha serjant Korbeyn Shuls AQSH armiyasi kontrrazvedka xizmati tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada qo‘lga olingan. Ayni paytda u tergov kamerasida ekani ma’lum qilingan.
Qo‘lga olingan serjant mudofaa va xavfsizlik sohasiga aloqador ko‘plab maxfiy ma’lumotlarni Xitoy rasmiylariga uzatgan. Buning evaziga serjantga boshlanishiga 42 ming dollar to‘langan.
Korbeyn Shuls Xitoy vakillari bilan 2022 yilning iyun oyida aloqa o‘rnatgan. O‘tgan ikki yil davomida katta hajmli ma’lumotlar almashilgan va sotilgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, o‘ta maxfiy ma’lumotlarga kirish uchun xavfsizlik ruxsatiga ega bo‘lgan serjant Shuls Gonkongda yashovchi shaxs bilan muntazam aloqada bo‘lgan. Xavfsizlik xizmatlari e’tiboriga tushmaslik uchun ikki shaxs kamdan-kam muloqot qilgan, o‘z yozishmalarini yo‘q qilib kelgan.
Gonkongda yashovchi shaxs serjant Shulsdan raketaga qarshi mudofaa va mobil artilleriya tizimlari bilan bog‘liq “nozik ma’lumotlar”ni to‘plashni so‘ragan. Ushbu to‘g‘risidagi ma’lumotlar Xitoyga uzatilgan yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.
Serjant Shuls yashirin missiyasi davomida Rossiyaning Ukrainadagi urushidan olgan bilimlari asosida AQSH qiruvchi samolyotlari, harbiy taktikasi va AQSH armiyasining Tayvanga nisbatan mudofaa strategiyasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plagan. Bu ma’lumotlarning bir qismini uzatishga ham ulgurgan.
“Ushbu sudlanuvchi AQSHdan tashqarida yashovchi shaxsga milliy mudofaa ma’lumotlarini uzatish uchun til biriktirib, harbiylarimizning unga bo‘lgan ishonchini oyoqosti qildi. Milliy xavfsizligimizni xavf ostiga qo‘ydi”, deyiladi AQSH rasmiylari bayonotida.
Korbeyn Shuls jinoyatini tan olgan. Xavfsizlik xizmati hozirda u bilan aloqa o‘rnatgan xitoylik shaxsni aniqlashga urinayotgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”