21:21 / 15.08.2024
190

Saudiya Arabistoni valiahdi unga suiqasd qilinishidan xavotir bildirdi

Saudiya Arabistoni valiahdi unga suiqasd qilinishidan xavotir bildirdi
Foto: RIA Novosti
Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi va amaldagi hukmdori bin Salmon amerikalik kongressmenlar bilan uchrashuvlaridan birida Isroil bilan munosabatlar barqarorlashtirilsa, o‘ldirilishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida u 1981 yilda Isroil bilan tinchlik shartnomasi tuzilgani sababli o‘ldirilgan Misrning sobiq prezidenti Sadatning taqdirini eslagan.

Saudiyaliklar bundan juda qattiq xavotirda va islomning muqaddas qadamjolari qo‘riqchisi sifatida mintaqamizdagi eng dolzarb adolat masalasini hal qilmagunimcha hayotim xavfsiz bo‘lmaydi”, deydi bin Salmon.

Unga ko‘ra, qirollik va Isroil o‘rtasidagi har qanday tinchlik bitimi Falastin davlatini yaratish yo‘lini o‘z ichiga olishi kerak.

Kemp Devid kelishuvlari: Isroil—Misr tinchlik shartnomasining tuzilishi

1978 yilda Kemp Devidda (AQSH) bo‘lib o‘tgan sammitda dastlabki kelishuv, 1979 yilda esa Vashingtonda o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Menaxem Begin va Anvar Sadat yahudiy davlati hamda Misr o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolagan edi. Bu kelishuvga ko‘ra Sinay yarimoroli Misr nazoratiga o‘tgan va davlatlar o‘rtasidagi chegara belgilangan.

Sadatning ichki va tashqi siyosati uning G‘arbda mashhur bo‘lishiga olib kelgan, lekin Misrda qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotgan.

1981 yil 6 oktyabrda yillik harbiy paradda Sadat joylashgan hukumat minbari tomon granata otilgan va o‘t ochilgan. Suiqasd radikal islomchilardan iborat bir guruh harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan. Misr prezidenti olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni valiahdi unga suiqasd qilinishidan xavotir bildirdi