282
O‘zbekistonlik haydovchi Toyota avtomobillarini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi
Foto: Media-Polesye.com
O‘zbekiston fuqarosi hojatxona qog‘oziga yashirib qo‘yilgan uchta Toyota Land Cruiser avtomobilini Belarusga olib kirishga urindi. U Litva bojxonachilari tomonidan to‘xtatildi, deb xabar berdi Media-Polesye.
Qayd qilinishicha, MAN yuk mashinasi «Medininkay» nazorat punktiga 10 avgust kuni ertalab yetib borgan. Haydovchi O‘zbekiston fuqarosi 720 kg hojatxona qog‘ozini olib ketayotganini ma’lum qilgan. Bojxonachilar yuk mashinasini rentgenga jo‘natgan.
Ma’lum bo‘lishicha, uchta Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamas avtomobillari yarim tirkama ichida bir necha qavat hojatxona qog‘ozi orqasiga yashirilgan. Haydovchi topilmadan hayratda qolib, bunday yuk haqida hech narsa bilmasligini aytgan.
Umumiy qiymati 87 ming yevro bo‘lgan avtomobillar bojxonachilar tomonidan xatlangan. Haydovchi garov evaziga qo‘yib yuborilgani ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda