22:38 / 16.08.2024
131

Ukrainada tibbiy nasha qonuniylashtirildi

Ukrainada tibbiy nasha qonuniylashtirildi
Foto: “f1seeds.com”
Ukrainada tibbiy nashani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirdi. Bu haqda parlament saytida e’lon qilindi.

“Kannabis (Cannabis) turidagi o‘simliklarni tibbiy, sanoat maqsadlarida, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatda muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangandan keyin olti oy o‘tgach kuchga kirdi.

Tibbiy nasha navlari politsiya kirishi mumkin bo‘lgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Qonun har bir o‘simlik, qayta ishlangan mahsulot partiyasi, qadoqlangan mahsulot birligi va nasha asosidagi dorivor mahsulotning o‘rami noyob elektron identifikator bilan belgilanishini nazarda tutadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatida ochiq maydonlarda nashaning sanoat navlarini yetishtirish davom ettiriladi. Endilikda tetrahidrokannabinol (TGK) tarkibi uchun standart sanoat maqsadlarida 0,3 foizdan yuqori bo‘lmagan darajaga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, kichik maydonlarda nasha yetishtiruvchi fermerlar litsenziya olish majburiyatidan ozod etilgan. Ishlab chiqaruvchi faqat ekin maydonini e’lon qilishi kerak.

Ilgari fermerlarga TGK miqdori 0,08 foizdan kam bo‘lgan nashaning sanoat navlarini yetishtirishga ruxsat berilgan edi (masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sanoat navlari uchun TGK ning ruxsat etilgan ulushi 0,2 foiz, AQSHda — 0,3 foiz, Shveysariyada — 1foiz).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada tibbiy nasha qonuniylashtirildi