Foto: Getty images
Stenford universiteti (AQSH) olimlari odamlar hayoti davomida bir tekisda emas, balki ikki bosqichda qarishini aniqladi. Bu vaqtda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, shu jumladan yurak-qon tomir tizimi va tayanch-harakat tizimi kasalliklari to‘satdan paydo bo‘ladi.
Tadqiqotda 25 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 108 kishi ishtirok etdi. Bir necha yil davomida ular qon va najas namunalarini, shuningdek, teri, burun va og‘izdan tahlillarni topshirishdi. Olimlar ishtirokchilarning tanasida mavjud bo‘lgan 135 mingga yaqin turli molekulalar va mikroorganizmlarni tahlil qilishdi. Natijada, ular 246 milliarddan ortiq ma’lumot nuqtasini oldilar, ulardagi o‘zgarishlarni izlab, qayta ishladilar.
Insonning hayot davomida rivojlanishi bosqichma-bosqich o‘zgarishlar ketma-ketligi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, salomatlikdagi keskin o‘zgarishlar ikki bosqichda sodir bo‘ladi: birinchisi 44 yoshda, ikkinchisi esa 60 yoshda.
«Biz shunchaki vaqt o‘tishi bilan asta-sekin o‘zgarmaymiz; haqiqatan ham ushbu yoshda keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi», dedi tadqiqot muallifi Maykl Snayder.
Tadqiqotchilar, ayniqsa, birinchi bosqichdan hayratda qolishdi. «Ehtimol, erkaklarda ham, ayollarda ham bu o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi boshqa, muhimroq omillar ham bor», dedi tadqiqot mualliflaridan biri Syaotao Shen.
Qarishning birinchi bosqichida yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan molekulalarda, shuningdek, organizmning alkogol, kofein va lipidlarni metabolizatsiya qilish qobiliyatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ikkinchi bosqichda uglevod almashinuvi, buyraklar faoliyati va immunitetni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan molekulalar ta’sirlandi. Teri va mushaklar esa har ikkala bosqichda qarishi aniqlandi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tanlovlar hajmi va biologik namunalar soni juda kichik, shuning uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq, bu inson tanasining vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini tushunish uchun muhim qadamdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda