20:45 / 20.08.2024
40

Tramp Maskni o‘z maslahatchisi sifatida ko‘rish istagini bildirdi

Tramp Maskni o‘z maslahatchisi sifatida ko‘rish istagini bildirdi
Foto: Business today
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, tadbirkor va milliarder Ilon Maskni o‘zining maslahatchisi sifatida ko‘rishni istashini ma’lum qildi.

Maskni maslahatchi yoki vazirlar mahkamasi a’zosi lavozimiga tayinlash haqida o‘ylaysizmi, degan savolga Tramp ijobiy javob bergan: "U juda aqlli yigit. Albatta, agar u xohlasa, men buni albatta qilardim. U ajoyib yigit".

Avvalroq Tramp Mask bilan onlayn suhbat chog‘ida Vashington ichki va tashqi siyosatining qator masalalari, shuningdek, global kun tartibini muhokama qilgan edi. Shu bilan birga, Mask Trampning AQSH prezidentligiga nomzodligi haqida fikr bildirgan.

Tadbirkor Trampni raqibi Kamala Harrisdan ko‘ra AQSH prezidentligi uchun maqbulroq nomzod deb atagan.

19 iyul kuni Mask Trampning AQSH vitse-prezidenti lavozimiga nomzod tanlashini qo‘llab-quvvatlagan.

WSJ nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, Mask Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun iyun oyida tuzilgan siyosiy harakatlar qo‘mitasiga oyiga taxminan 45 million dollar ajratmoqchi bo‘lgan. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden tadbirkorni va uning “boy do‘stlarini” saylovlarni “sotib olmoqchi”likda ayblagan.

Keyinroq Mask Tramp kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish rejasini rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Maskni o‘z maslahatchisi sifatida ko‘rish istagini bildirdi