Foto: KCNA VIA KNS/AFP
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi sinovdan o‘tkazilayotganini e’lon qildi. 28 avgust, chorshanba kuni Shimoliy Koreya davlat OAV xabar berishicha, raketa uchirish moslamasi 240 mm kalibrga ega hamda yangi boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.
Ikki kun avval Pxenyan yangi kamikadze-dron sinovdan o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz uchoqlarni yaratish dasturini yaqindan kuzatib borish niyatida ekanini bildirdi.
Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik
Xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan Shimoliy Koreya yaqinda Rossiya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirdi. Kuzatuvchilar KXDR artilleriya va qanotli raketalarni Ukrainaga qarshi urushda qo‘llash uchun Rossiyaga yuborish maqsadida sinovdan o‘tkazayotganini istisno qilmayapti.
AQSH va Janubiy Koreya KXDRni Rossiyaga o‘q-dorilar va raketalar yetkazib berishda ayblamoqda. Pxenyan ayblovlarni rad etib, ularni absurd deb atadi.
Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari ayni damda chuqur inqiroz holatida. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Che In yangi turdagi qurollar, jumladan, taktik yadroviy qurollarni ishlab chiqish jadallashishini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Janubiy Koreya va AQSH mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»