
AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifini rad qilgan. Bu haqda ukrainaliklar prezidenti ma’muriyatiga asoslangan holda Foreign Policy xabar bergan, deyiladi "Kun" nashrida.
Ukraina prezidenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha taklif prezidentlikka nomzodlarning ikkisiga ham berilgan, ammo faqat demokratlar vakili sifatida prezidentlik poygasida ishtirok etayotgan Hillari Klintongina taklifni qabul qilgan. Tramp esa taklifni e’tiborsiz qoldirgan.
Bundan oldinroq, Klinton xonim va Poroshenko Ukrainadagi islohotlarni va Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasini muhokama etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar