13:49 / 29.08.2024
38

Xakerlar Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini buzib, Messi va “Tottenhem”ni haqorat qildi

Xakerlar Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini buzib, Messi va “Tottenhem”ni haqorat qildi
Fransiya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappening X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) rasmiy sahifasiga xakerlar tomonidan buzib kirildi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Manbaga ko‘ra, sahifaga kirilgach “MBAPPЕ” tokeni 90 000 ta sotilgani, futbol jamoalariga nisbatan turli haqoratlar, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat haqidagi izohlar yozilgan.

Postlardan birida “Krishtianu Ronaldu — barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi. Bu mitti (Lionel Messi) mening dunyodagi eng yaxshi futbolchim emas”.

Xabarlarga ko‘ra, xakerlar “Tottenhem” klubiga haqoratomuz so‘z bilan ta’rif bergan, Mbappe “Manchester Yunayted” muxlisi ekani va ularga qo‘shilishni rejalashtirayotganini, shuningdek, siyosiy mavzularda bir nechta postlar joylagan.

Bu postlarning barchasi keyinchalik sahifadan o‘chirib tashlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xakerlar Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini buzib, Messi va “Tottenhem”ni haqorat qildi