Foto: “RIA Novosti”
Xitoy va Qo‘shma Shtatlar butun dunyoda tinchlik va barqarorlik manbai, taraqqiyot dvigateliga aylanishi kerak. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Xitoy va Qo‘shma Shtatlar ikki yirik davlat sifatida butun dunyoda tinchlik va barqarorlik manbai, umumiy taraqqiyot dvigateliga aylanishi uchun tarix, xalq va butun dunyo oldida mas’ul bo‘lishi kerak”, deydi Si Szinpin.
Uning ta’kidlashicha, o‘zgaruvchan va notinch davrda mamlakatlar bo‘linib, qarama-qarshilik ko‘rsatmasdan, birlashishi zarur.
“Odamlar yopiqlik va orqaga yurishni emas, ochiqlik va taraqqiyotni xohlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Xitoy yetakchisi.
Sallivan 27—29 avgust kunlari Xitoyda bo‘ldi. Uning tashrifi doirasida tomonlar Xitoy-Amerika strategik aloqalarining yangi bosqichini muhokama qilgan. Shuningdek, tomonlar Ukraina mojarosi va Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Sallivan va Xitoy TIV rahbari Van I Tayvan masalasini hamda Vashingtonning Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikdan xavotirlari haqida suhbatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»