Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “Yaponiyadagi eng tejamkor qiz” deb atashdi va uning qat’iyatiga qoyil qolishdi.
Yaponiyalik Saki Tamogami ismli ayol 37 yoshida tejamkorlik tufayli uchta uy sotib olishi va mushuklar kafesini ochishi natijasida “mamlakatning eng tejamkor qizi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Saki haqida ilk bor 2019 yilda “Happy! Bomby Girl” ko‘rsatuvida ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu ko‘rsatuv hayotini o‘zgartirgan qizlar haqida hikoya qiladi. O‘shanda yapon qiz 34 yoshigacha uchta uyga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganini aytadi.
O‘shandan beri Saki kuniga bor-yo‘g‘i 200 iyen (taxminan 17 600 so‘m) ovqatiga sarflagan. U ovqatini uyda pishirishga harakat qiladi, shuningdek, oddiy taomlarni va tost, lapsha kabi arzonlashtirilgan mahsulotlarni xarid qiladi.
Qiz yangi kiyim sotib olmay, qarindoshlari kiygan kiyimlardan foydalanadi. Bundan tashqari, Saki mebellarini chiqindi poligonlaridan olib keladi.
Yaponiyalik ayolning asosiy daromadi uning ko‘chmas mulk agenti bo‘lib ishlaganidan oladigan maoshidir. Qattiq tejash va barqaror daromad unga 27 yoshida birinchi uyini sotib olishga imkon berdi. Bu unga 10 million iyena (69 300 dollar)ga tushadi.
Qiz uyini ijaraga berishni boshlaydi va qo‘shimcha daromadini ikkinchi uyga ipotekani qoplash uchun sarflaydi. U ikkinchi uyini 29 yoshida 18 million iyena (124 800 dollar)ga xarid qilgan.
Ko‘p o‘tmay, Saki uchinchi uyini 37 million iyena (256 500 dollar)ga sotib oladi. Shu bilan birga, mazkur binoning birinchi qavatida mushuklar uchun kafe ochadi va uni CafeYuunagi deb nomlaydi. Kafeda u uysiz hayvonlarga boshpana ham beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 10 yildan beri orzusiga erishib kelayotgan Sakining o‘z-o‘zini tarbiyalashi va qat’iyati ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi. “Xitoyda 1970 yillarda tug‘ilgan ko‘plab aholi xuddi shunday yashaydi. Aftidan, uy sotib olish ular uchun birdan bir maqsadga aylangan”, deb ta’kidlagan foydalanuvchilardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»