Foto: Shutterstock
Hindiston provinsiyalarida noqonuniy ta’lim muassasalari ommalashib bormoqda. Kambag‘al oilalarning ota-onalari o‘smir farzandlarini tajribali jinoyatchilar badavlat to‘ylarda mehmonlardan o‘g‘irlik qilishga o‘rgatadigan “maktab”ga yuborish uchun katta mablag‘ jamg‘armoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Nashrga ko‘ra, bu amaliyot Hindistonning markaziy qismidagi Madhya-Pradesh shtatidagi bir qancha qishloqlarda keng tarqalgan. Ota-onalar o‘z farzandlarini, odatda, 12-13 yoshda mahalliy jinoiy guruhlarga o‘rgatish uchun jo‘natadi, u yerda ularga cho‘ntak o‘g‘rilik, odamlar gavjum joylarda sumkalarni o‘marish, politsiyadan qochish, kaltaklanish va boshqa “mavzular”ga dosh berishga “o‘rgatiladi”. Shuningdek, bolalarga qimor o‘ynash va spirtli ichimliklarni sotish o‘qitiladi.
Bunday “maktab”larda “bilim olish” narxi 200-300 ming rupiy (2400-3600 AQSH dollari)ni tashkil qiladi, ammo “bitiruvchilar” daromadi bu miqdordan 5-6 baravar oshishi mumkin. Bundan tashqari, jinoiy guruhlar har yili ota-onalarga o‘z farzandlarining faoliyati uchun 300-500 ming rupiy (3600 dollar) miqdorida “to‘lov” to‘laydilar.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston bo‘ylab bunday maktablarning 300 dan ortiq “o‘quvchisi” to‘y o‘g‘irliklari bilan shug‘ullangan.
8 avgust kuni Hindiston shimoli-g‘arbidagi Jaypur shahrida o‘tkazilgan dabdabali to‘y chog‘ida o‘g‘ri 15 million rupiy (180 ming dollar)lik zargarlik buyumlari va 100 ming rupiy naqd pulni o‘g‘irlab ketgan.
Mart oyida o‘g‘rilar maktabini tamomlagan 24 yoshli bezori Hindiston shimolidagi Gurgaon shahridagi to‘ydan bir xalta taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.
Politsiya inspektori Ramkumar Bhagatning aytishicha, huquqbuzarlarning aksariyati voyaga yetmaganlar bo‘lgani uchun politsiya uchun chora ko‘rish “juda qiyin” kechmoqda.
Hindistonda o‘g‘irlikda ayblanganlar yetti yilgacha qamoq jazosi va jarimaga tortilishi mumkin. Biroq mamlakat huquq tizimi voyaga yetmaganlar jinoyatiga nisbatan yumshoqroq bo‘lib, tuzatish va tarbiyalashga urg‘u beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»