Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Hindistonda tinchlik sammitini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari ushbu taklifini Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvda ilgari surgan, deb xabar beradi Bloomberg.
Zelenskiy noyabr oyida AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlaridan oldin ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Manbalarning qayd etishicha, Modi hozircha bu turdagi sammitni o‘tkazishga rozilik bermagan. Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforovning ma’lum qilishicha, keyingi sammitni janubiy davlatlardan birida, xususan, Hindistonda o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
O‘z navbatida Modi tinchlik jarayonida «konstruktiv rol» o‘ynashga tayyorligini bildirgan, biroq Hindiston TIV vakili Randhir Jaysvalning so‘zlariga ko‘ra, «bu bosqichda aniq mexanizmlar va yo‘llar haqida gapirishda juda erta».
Modi 23 avgust kuni Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.
Iyul boshlarida RF Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin Rossiya Ukraina bo‘yicha ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. 15-16 iyun kunlari Shveysariyada o‘tkazilgan birinchi tinchlik sammitiga Rossiya delegatsiyasi taklif qilinmagan edi. Konferensiyada Ukraina prezidentining tinchlik formulasi bo‘yicha ayrim bandlari muhokama qilingan. Sammit yakunida 80 ga yaqin davlat tomonidan kommyunike imzolangan.
Tadbir avvalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangovar harakatlarni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash shartini e’lon qilgandi. U Kiyevdan Rossiya armiyasi tomonidan egallangan Xerson, Zaporoje, Donetsk va Lugansk viloyatlaridan ukrain qo‘shinlarini olib chiqib ketish, shuningdek, NATOga qo‘shilishdan voz kechishni talab qildi. Zelenskiy Rossiya prezidentining talabini ultimatum deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»