Foto: Ludovic Brucker
Ohayo shtati universiteti (AQSH) olimlari Xitoy g‘arbidagi Himoloy tog‘lari muzida yashiringan 1700 ga yaqin qadimiy virusni aniqladi. Ularning aksariyati ilgari fanga noma’lum edi. Bu haqdagi tadqiqot Nature Geoscience jurnalida (.pdf) chop etildi.
Virusli DNK parchalari erigan Guliya muzligida topildi. U Tibet platosida, dengiz sathidan 7 kilometr balandlikda joylashgan.
Ilmiy maqola mualliflarining fikricha, bu viruslar so‘nggi 41 ming yil ichida kamida uchta yirik iqlim o‘zgarishidan omon qolgan.
«Agar ular abadiy muzliklarda shunday uzoq vaqt yashay olsa, bu hayvonlar va odamlar yuqtirgan viruslar ham shunday og‘ir sharoitlarda o‘z xususiyatlarini saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatadi», dedi Jan-Mishel Klaveri, Eks-Marsel (Fransiya) universiteti professori.
Abadiy muzliklarda qolib ketgan qadimiy viruslar ilgari dunyoning boshqa joylarida, jumladan Sibirda ham topilgan. Bu esa, ulardan biri iqlim o‘zgarishi natijasida ajralib chiqishi va pandemiyaga olib kelishi mumkinligi haqida xavotir uyg‘otadi. Yaxshiyamki, Guliyadan topilgan viruslar hayvonlar yoki odamlarga emas, balki bakteriyalarga yuqqan.
Endi olimlar viruslar ob-havoning sezilarli o‘zgarishlariga qanday moslashgani va evolyutsiyasi haqida asosiy tafsilotlarni aniqlamoqchi. Viruslardan biri taxminan 11,5 ming yoshda ekanligi allaqachon aniqlangan.
Tadqiqotchilar, shuningdek, muz yadrosidagi viruslarning to‘rtdan bir qismi boshqa joylardan kelgan turlarga mos ekanini aniqladi. Ko‘rinishidan, ular turli mintaqalardan, jumladan, Arktikadan kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»