Foto: AP Photo
Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi 19 may kuni bortida prezident Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchrashi sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bosh shtab aviahalokatga snaryad, radioelektron urush, elektromagnit yoki lazer qurollari sabab bo‘lgani ehtimolini butunlay rad etdi.
“Mutaxassislar vertolyotni hujum va mudofaa qurollari tizimlari, radioelektron kurash vositalari, lazer yoki elektromagnit maydon yaratish orqali yo‘q qilish imkoniyatini o‘rgandi. Ular ushbu vositalarning aralashuvi falokatga sabab bo‘lganini istisno qildi.
Vertolyotning halokatga uchrashiga asosiy sabab bahor faslida hududning murakkab iqlim sharoiti, ya’ni to‘satdan balandlikda quyuq tuman hosil bo‘lishi va vertolyotning tog‘ bilan to‘qnashuvi bo‘ldi”, deyiladi hujjatda.
Ta’kidlanishicha, sud-tibbiy ekspertiza qurbonlarning jasadlarida “shubhali moddalar” aniqlamagan. Bundan tashqari, mutaxassislar vertolyotning texnik holatiga oid barcha hujjatlarni o‘rganib chiqib, belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida ta’mirlangan va tekshirilgan degan xulosaga kelgan. Uchuvchilar oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab parvoz qilgan va berilgan parvoz yo‘lidan chetga chiqmagan.
Raisiy o‘limi
19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat natijasida vafot etdi. Mamlakat shimoli-g‘arbida Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.
Kuchli tuman va tog‘li hudud tufayli halokatga uchragan vertolyotni qidirish 10 soatdan ortiq davom etgan. Mutaxassislar fikricha, falokat texnik nosozlik yoki inson omili tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Raisiy vafoti munosabati bilan Eronda besh kunlik motam e’lon qilingan. Eron prezidentining dafn marosimi 23 may kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tgan. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyunga belgilangan. Saylovlarda Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»