Foto: NASA
NASA olimlari Yerga yaqin fazoda quyosh yelkanini yoyish bo‘yicha urinishi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyaning sinovi 2023 yil aprelda uchirilgan Advanced Composite Solar Sail System (ACS3) bortida amalga oshirilgan.
Quyosh yelkanining o‘lchami tennis kortining yarmidek keladi — u 80 metr kvadratli polotno shaklida qurilma. Yelkan materiali fotonlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Fotonlarning massasi bo‘lmasada, ular obyekt bilan to‘qnashuvda impuls hosil qilishi mumkin.
ACS3 kosmik kemasi bir necha hafta davomida sinovlar olib boradi, bu esa jamoaga yelkanning kosmosdagi manyovrchanligini kuzatish imkonini beradi.
Orbitani ko‘zdan kechirish asnosida tadqiqotchilar quyosh yelkanlari bilan jihozlanadigan kelajakdagi missiyalarni loyihalash va boshqarishda aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi.
«Tajribalar davomida olingan ma’lumotlar kosmik ob-havodan ogohlantiruvchi, asteroidlar razvedkasini olib boradigan sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatiladigan yirik quyosh yelkanlarini loyihalashtirishga xizmat qiladi», — deyiladi missiya xabarida.
Orbitaga joylashtirilgan kosmik apparat balandligi Xalqaro kosmik stansiyadan qariyb ikki barobarga katta. Quyosh yelkaniga o‘rnatilgan kameralar yordamida olingan suratlar 4 sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»