Foto: CNN
AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyotini hibsga oldi va havo kemasini Florida shtatiga yo‘naltirdi, deb xabar beradi CNN.
«Vashington samolyot Amerika sanksiyalari chetlab o‘tilgan holda xarid qilingan deb hisoblaydi. Dushanba kuni u Dominikana Respublikasidan Floridaga yuborildi. Qiymati 13 million dollar turadigan Dassault Falcon 900 havo kemasi oxirgi bir necha oydan beri Dominikanada turgan edi. Operatsiyada AQSH Adliya vazirligi, Ichki xavfsizlik vazirligi va Savdo vazirligi huzuridagi Sanoat va xavfsizlik byurosi xodimlari ishtirok etdi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Maduro mamlakatning prezidenti etib qayta saylandi (51,2 foiz ovoz bilan).
Davlat departamenti matbuot xizmati rahbarining o‘rinbosari Vedanta Patelning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Venesuelani demokratiya yo‘liga qaytarish uchun Maduroga bosim o‘tkazish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
2020 yil martda AQSH Adliya vazirligi Maduro, shuningdek, Venesuelaning amaldagi va sobiq 14 nafar amaldoriga narkoterrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni e’lon qilgandi.
«20 yildan ortiq vaqt davomida Maduro hamda uning yuqori martabali amaldorlari kolumbiyalik so‘l partizanlar bilan aloqada bo‘lib, tonnalab kokainni AQSHga jo‘natish bilan shug‘ullangan», — degan edi o‘shanda bosh prokuror Uilyam Barr.
Davlat departamentining xalqaro giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha byurosi Maduroning hibsga olinishiga olib keladigan ma’lumotlar uchun 15 million dollar mukofot puli e’lon qilgan.
2017 yilda Nyu-York federal sudi Maduroning rafiqasi Siliya Floresning ikki nafar jiyanini AQSH hududiga xususiy samolyotda 800 kilogramm kokain olib kirmoqchi bo‘lgani uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi; keyinroq ular mahbuslar almashinuvi doirasida ozod etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»