AQSHdagi maktabda otishma yuz berdi

Foto: Google Images
AQSHning Jorjiya shtati Uinder shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda MSNBC xabar berdi.
CNN xabariga ko‘ra, politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Voqea joyida beshta tez yordam mashinasi ishlamoqda, jabrlanganlardan biri vertolyotda kasalxonaga yotqizilgan.
FQB xodimlari mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga surishtiruv ishlarida yordam bermoqda.
Joriy yilning 7 iyul kuni AQSHning Detroyt shahrida yuz bergan otishmada ham 2 kishi halok bo‘lgan va 19 kishi yaralangandi. Otishmani sodir etganlar yashirinishga ulgurgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSHning Jorjiya shtati Uinder shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda MSNBC xabar berdi.
CNN xabariga ko‘ra, politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Voqea joyida beshta tez yordam mashinasi ishlamoqda, jabrlanganlardan biri vertolyotda kasalxonaga yotqizilgan.
FQB xodimlari mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga surishtiruv ishlarida yordam bermoqda.
Joriy yilning 7 iyul kuni AQSHning Detroyt shahrida yuz bergan otishmada ham 2 kishi halok bo‘lgan va 19 kishi yaralangandi. Otishmani sodir etganlar yashirinishga ulgurgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…