Foto: Google Images
Ukraina urushni tugatish bo‘yicha o‘z hamkorlari bilan birgalikda batafsil reja tayyorlaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Tinchlik bo‘yicha birinchi sammitning bayonotini qo‘llab-quvvatlagan hamkorlarimiz bilan birgalikda urushni tugatish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqamiz. Putin yuzaga keltirgan barcha muammolarni bandma-band yechish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tamiz. Biz urushni tugatish bo‘yicha o‘z versiyamizni taqdim qilamiz”, dedi Ukraina prezidenti.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “qanchalik ko‘p davlat rejani ishlab chiqishga qo‘shilsa, shuncha ko‘p davlatlar bu rejani batafsil tushunib oladi”.
Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina tomoni ushbu rejani ikkinchi jahon sammitida ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi va u yerda “Rossiya vakillari, albatta, bo‘lishi kerak”.
“Biz Rossiya tomonisiz bu urushni diplomatik yo‘l bilan tugatish juda qiyin ekanligini tushunamiz va barcha davlatlar bizdan ikkinchi sammitda Rossiya qatnashishini so‘ramoqda. Biz bunga qarshi emasmiz. Kelinglar, reja tuzib, ularni taklif qilamiz”, dedi prezident.
Joriy yilning 15—16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok kurortida Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tgandi.
Rossiyaning Berndagi elchixonasi matbuot kotibi Vladimir Xoxlov Shveysariya Ukraina bo‘yicha sammitda ishtirok etish uchun Rossiyaga taklif yubormagani, Moskva hech qanday holatda sammitda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Kreml Ukraina-Rossiya mojarosini Moskva ishtirokisiz hal qilishni mutlaqo mantiqsiz va befoyda ekanini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»