10:51 / 06.09.2024
33

Xitoyda chet elliklarga bola asrab olish taqiqlandi

Xitoyda chet elliklarga bola asrab olish taqiqlandi
Foto: AFP
Xitoy hukumati xorijliklarga mamlakatdagi bolalarni asrab olishni taqiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik rasmiysi Mao Ninning aniqlik kiritishicha, yagona istisno qon-qarindosh bo‘lgan shaxslar tomonidan farzand yoki o‘gay farzandni asrab olish holatlari uchun qo‘llaniladi. U bu qarorning sabablarini tushuntirmadi va bu tegishli xalqaro konvensiyalar ruhiga mos kelishini aytdi.

Ta’kidlanishicha, o‘nlab yillar davomida xorijliklar Xitoyga kelib, mahalliy bolalarni asrab olgan va keyin o‘z vatanlariga olib ketgan. Ushbu amaliyot koronavirus pandemiyasi davrida vaqtincha to‘xtatildi, ammo keyinchalik chet elliklar tomonidan farzand asrab olishga yana ruxsat berildi. Endi esa butunlay taqiqlanmoqda.

AQSH konsulligi 2022 yilning oktyabridan 2023 yilning sentyabrigacha bo‘lgan 12 oy ichida Xitoydan farzand asrab olish uchun 16 ta viza bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda chet elliklarga bola asrab olish taqiqlandi