Foto: Reuters
10 sentyabr kuni prezidentlik debatini efirga uzatadigan Amerikaning ABC telekanali Kamala Harris va Donald Tramp munozarasi davomida mikrofonlarni bir vaqtda emas, balki navbatma-navbat o‘chiradi. Bunga ikkala nomzod ham rozi bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.
Qayd qilinishicha, iyun oyida Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasida CNN telekanalida o‘tkazilgan debat aynan shunday qoida bo‘yicha olib borilgan. Ushbu debatda Bayden muvaffaqiyatsizlikka uchragan va keyinchalik nomzodini qaytarib olgan edi.
Biroq o‘tgan haftada Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi ABC telekanali rahbariyatidan efir davomida mikrofonlarini o‘chirmaslikni so‘ragani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu ikkala nomzodga bir-birining gapini bo‘lib, bir vaqtning o‘zida gapirib, raqibining ovozini «bo‘g‘ish» imkonini berar edi.
«Vitse-prezident real vaqt rejimida Trampning doimiy yolg‘onlari va gapni bo‘lishga urinishlari bilan kurashishga tayyor. U ovozni o‘chirish tugmasi orqasiga «yashirinishni» bas qilishi kerak», dedi Harris kampaniyasining aloqa bo‘yicha katta maslahatchisi Brayan Fellon.
Tramp bunga javoban raqibini munozaradan qochishga urinayotganlikda aybladi.
«Aslida, u munozara qilishni istamagani uchun «chap berishga» harakat qilmoqda. U qanday qilib debat o‘tkazishni bilmaydi», dedi sobiq prezident.
Biroq, yakunda teleradiokompaniya tomonidan taklif qilingan qoidalar har ikki nomzodning saylov shtabi rahbarlari tomonidan qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»