16:30 / 10.09.2024
16

Google Rossiya raqamlaridan yangi akkaunt ochishga ruxsat bermayapti

Google Rossiya raqamlaridan yangi akkaunt ochishga ruxsat bermayapti
Foto: Getty Images
Amerikaning Google LLC korporatsiyasi Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqamidan yangi hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermayapti. Tizim akkaunt yaratish uchun barcha qadamlarni bajarishga imkon yaratadi - ism, jins va tug‘ilgan kunni tanlash, elektron pochta nomi va parolni o‘rnatish mumkin - lekin Rossiya raqami ko‘rsatilganida, u «tasdiqlash uchun foydalanish mumkin emas» degan xabarni ko‘rsatyapti, deb xabar berdi 9 sentyabr, dushanba kuni TASS davlat axborot agentligi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, VPN xizmati yordamida muammoni chetlab o‘tishning iloji yo‘q.

Ba’zi hollarda, Gmail akkauntisiz Google xizmatlari va Google Play ilovalar do‘konidan foydalanish mumkin emas. 2022 yil bahorida Google YouTube platformasida rossiyaliklar uchun monetizatsiyani blokladi, 2024 yil avgustida ularni AdSense reklama tarmog‘idan uzib qo‘ydi va sentyabr oyi boshidan BigQuery xizmatiga kirishni yopdi.

AQSH 400 ga yaqin kompaniya va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiya kiritdi

Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 400 ga yaqin kishi va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Mamlakat Moliya vazirligining 23 avgust kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilinishicha, sanksiya qo‘yilgan kompaniyalar va jismoniy shaxslar Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda va uni Ukrainaga qarshi urushda foydalanilgan tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda yordam bermoqda.

Boshqalar qatorida, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning o‘g‘li va kelini, Moskva zargarlik zavodi, Volga-Dnepr aviakompaniyasi, AirBridgeCargo, «Norilsk Avia», Magnitogorsk temir-po‘lat zavodi, shuningdek suyultirilgan gazni tashish uchun kemalar sanksiya ostida qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Google Rossiya raqamlaridan yangi akkaunt ochishga ruxsat bermayapti