Foto: Michael Raines
AQSHning Oregon shtati, Portlend shahridagi xalqaro aeroportda lama va alpakalar ishlay boshladi. Ular yo‘lovchilarga parvozdan oldingi qo‘rquv va xavotirlarni yengishda yordam bermoqda, deb xabar berdi People.
Maxsus tayyorlangan jonivorlar shu yilning yozidan boshlab aeroportga keltirila boshladi. Ular shu vaqtga qadar yo‘lovchilarga zarur emotsional ko‘mak berib kelayotgan itlar guruhiga qo‘shildi.
Aeroportning OAV bilan aloqalar bo‘yicha menejeri Ellison Ferre jonivorlar shahar tashqarisidagi fermada saqlanishini va yo‘lovchilar yoniga “ularning salomatligi uchun foydali bo‘lgan vaqtdagina” keltirilishini aytdi. Bu holat oyiga bir necha marta sodir bo‘ladi.
Aeroport xodimlari lama va alpakalar kelishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda oldindan xabar berib turadi.
“Bu haqiqiy quvonch. Sayohatchilar yuzidagi ifoda buning yaqqol isboti”, — deya qo‘shimcha qildi Ferre.
Bunga qadar Istanbuldagi aeroportda terapevt itlar ishga jalb etilgandi. Ular bir necha oylik tayyorgarlikdan o‘tib, odamlarga stress holatlarini yengishda yordam berishni o‘rgangan. Hozirgi kunda terminal xodimlari ushbu itlar jamoasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?