Foto: RIA
Ma’lumki, shu yilning 6 sentyabrida Yagi superto‘foni Xitoyning Xaynan provinsiyasiga, so‘ngra Vetnamga yopirilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 143 nafargacha oshgan.
58 kishi bedarak yo‘qolgan, 700 dan ortiq odam turli darajadagi jarohatlar olgan.
«Kommersant» yozishicha, favqulodda suv toshqini Vetnam shimolidagi qishloqni butunlay yuvib ketganidan so‘ng qurbonlar soni keskin oshgan.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi tabiiy ofat taxminan 210 ming gektar ekin maydonidagi hosilni nobud qilganini ma’lum qildi.
6 sentyabrdagi Yagi to‘fonining doimiy maksimal tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil qilgan. Bu qudrati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi tropik siklon — 4-toifali bo‘ronga tengdir. Faqatgina Atlantikada yuzaga kelgan Berill bo‘roni (5-toifa) Yagidan qudratli. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?