22:57 / 11.09.2024
12

Tramp: “Debatning birinchi raundi ajoyib o‘tdi, yangi teledebatlar uchun rejalar yo‘q”

Tramp: “Debatning birinchi raundi ajoyib o‘tdi, yangi teledebatlar uchun rejalar yo‘q”
Foto: AP Photo
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp demokrat raqibi Kamala Harris bilan navbatdagi teledebatlarni o‘tkazish haqida rejalar yo‘qligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kun oldin bo‘lib o‘tgan ommaviy muhokamalarning birinchi raundi u uchun yaxshi o‘tdi.

Men yana bir bor debat o‘tkazish niyatim yo‘q, chunki men ko‘p ustunlik bilan g‘alaba qozondim. Biz bahsda g‘alaba qozondik”, dedi Tramp Fox News telekanalida Harris bilan bo‘lib o‘tgan teledebatlarning birinchi raundini sarhisob qilar ekan.

Respublikachi siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning chiqishi “ajoyib” bo‘lgan. Shu bilan birga, Tramp munozaraning “nohaqligi” haqida shikoyat qilgan, chunki telekanal moderatorlari uni ma’lum bayonotlari uchun “doimiy ravishda tuzatib” turishgan, ammo Harrisga nisbatan bunday choralar ko‘rilmagan.

Menimcha, kecha ABC telekanali katta zarbaga uchradi. Ochig‘ini aytganda, tadbirni bu tarzda o‘tkazgani uchun ularning litsenziyalarini bekor qilish kerak edi”, deydi Tramp.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Harris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Debatning birinchi raundi ajoyib o‘tdi, yangi teledebatlar uchun rejalar yo‘q”