Shahzoda Xisaxito
Foto: East News
Yaponiyada so‘nggi 40 yilda ilk marotaba voyaga yetgan taxt vorisi paydo bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Shahzoda Xisaxito 6 sentyabrda 18 yoshini qarshi oldi va shu tariqa yapon imperatori oilasida 1985 yildan buyon birinchi marta erkak kishining voyaga yetgani nishonlandi. Bu voqea dunyodagi eng qadimiy monarxiyaga, qolaversa butun Yaponiyaga, sulola davomiyligini saqlab qolish umidini berdi.
Hozirgi imperator Naruxito shahzoda Xisaxitoning amakisi hisoblanadi. Imperator oilasida «kichik shahzoda»dagacha vorislik yoshiga yetib kelgan oxirgi erkak kishi aynan uning otasi — shahzoda Akisinodir.
Xisaxito 17 kishidan iborat imperator oilasining eng kenjasi (uning ikki nafar opasi bor), oilada erkaklar soni atigi 4 nafar. Ayol kishining taxtga o‘tirishiga izn berilmaydigan Yaponiya monarxiyasi uchun bu holat juda jiddiy chorlovdir.
Imperator oilasining oddiy odamlar bilan turmush qurgan ayollari nafaqat taxtga da’vo qila oladilar, balki monarx oilasi a’zoligini ham yo‘qotadilar.
Shunga qaramasdan, yaponlar voris yo‘qligidan imperator Naruxitoning yagona farzandi va qizi malika Aykoni bo‘lg‘usi imperator sifatida ko‘rishayotgandi. Biroq 2006 yilda shahzoda Xisaxito tug‘ilishi bilan ayollarga taxtga o‘tirish huquqini berish masalasi uzil-kesil yopilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi