Foto: AP/TASS
Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp teledebatning ertasiga, hujumlarning 23 yilligi munosabati bilan Nyu-Yorkda 11 sentyabr voqealarini yodga olish marosimida qo‘l berib ko‘rishdi. 11 sentyabr, chorshanba kuni Quyi Manxettendagi tadbirda AQSH prezidenti Jo Bayden va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg ishtirok etdi.
«Bugun biz 2001 yil 11 sentyabrdagi dahshatli teraktda halok bo‘lganlar uchun motam tutyapmiz. Biz ularning oilalari va yaqinlari bilan birdammiz», - dedi AQSH vitse-prezidenti Harris bayonotida. «Shuningdek, biz oddiy amerikaliklar o‘sha mudhish kunda o‘z vatandoshlariga yordam berish uchun ko‘rsatgan qahramonlikni hurmat qilamiz. Biz buni hech qachon unutmaymiz», - deya davom etdi u.
Marosimda Trampning vitse-prezidentlik lavozimiga nomzodi Jeyms Devid Vens va Harris bir-biri bilan muloqot qilmadi, deya aniqlik kiritdi CNN.
Graund-Ziroda xotira tadbirlari
An’anaga ko‘ra, minoralariga «Al-Qoida» terrorchilik guruhi a’zolari olib qochgan samolyotlar kelib urilgan Butunjahon savdo markazi (BSM) joylashgan Graund-Ziro majmuasida xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Qurbonlar yaqinlari hujumlarda halok bo‘lgan 3000 ga yaqin kishining ismlarini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, Pentagonda va Pensilvaniyadagi samolyot qulagan joyda motam tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
AQSHda 9/11 teraktlari
2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar natijasida jami 2977 kishi, jumladan Nyu-Yorkda 2753, Vashingtondagi AQSH Mudofaa vazirligida 184 va Pensilvaniyada yana 40 kishi halok bo‘ldi. 23 yil oldin terrorchilar to‘rtta samolyotni olib qochgandi. Ulardan birinchisi Butunjahon savdo markazining shimoliy minorasiga kelib urilgan, ko‘p o‘tmay janubiy minorada ham xuddi shunday hujum sodir bo‘lgan, shundan so‘ng ikkala bino ham qulagan. Terrorchilar uchinchi samolyotni Vashington yaqinida joylashgan AQSH Mudofaa vazirligi binosiga yo‘naltirgan, to‘rtinchi samolyot esa yo‘lovchilar qarshilik ko‘rsatganidan keyin Shanksvillda (Pensilvaniya) qulagan.
Hujumlar tashkilotchisi, «Al-Qoida» yetakchisi Usama bin Lodin 2011 yilda Amerika maxsus kuchlari tomonidan o‘ldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi