Foto: Kremlin.ru
Aldov yo‘li orqali Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga majburlanib, Ukrainadagi urushga yuborilgan 45 nafar Hindiston fuqarosi RF armiyasidan bo‘shatildi, deb xabar beradi NDTV.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, yana 50 nafar hind frontda qolmoqda. Tashqi siyosiy idora hozirda «ularni qutqarish va ozod etish» bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarini ishga solgan.
Iyul oyida Vladimir Putin Rossiya Ukrainadagi urushga jalb etilgan barcha hindistonliklarni armiyadan bo‘shatib yuborishga va’da bergandi. Bu Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga tashrifi davomida o‘rtaga qo‘ygan talabidan keyin sodir bo‘ldi. «Sizning o‘z g‘oyalaringiz bor, juda energiyaga boy insonsiz. Hindiston va hind xalqi manfaatlari uchun natijaga erishishni bilasiz», — degan edi Putin Modi bilan norasmiy uchrashuvda.
Hindiston hukumati 2024 yil boshidayoq Ukrainadagi urushga jalb etilgan hindlar bo‘yicha Moskvaga murojaat qilgandi. Xususan, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi RF Mudofaa vazirligidan hindlarning shartnomalari tugamasidan armiyani tark etishlariga ruxsat berishini so‘ragan.
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan Rossiya armiyasi tarkibiga qo‘shilib qolgan. Diplomatlarning ta’kidlashicha, Hindiston hududida urushga yollash bilan shug‘ullanuvchilar hindlarga «Rossiyada yuqori maosh to‘lanadigan ishni» yoki OTMga o‘qishga kiritishda yordam berishni va’da qilgan, biroq mamlakatga kelishi bilan ularning pasportlari olib qo‘yilib, shartnoma tuzishga majburlangan.
Mart boshlarida Hindiston Markaziy tergov byurosi bir oy ichida Rossiya armiyasiga 35 nafarga yaqin hind jalb etilganini aniqlagan. O‘sha vaqtda ularning umumiy soni yuzdan oshishi aytilgan edi. Fuqarolarning bir qismi jangda halok bo‘lgan, ayrimlari og‘ir yaralangan.
May oyida Hindiston huquq-tartibot idoralari mahalliy fuqarolarni Ukrainadagi urushga yollash bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh etgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi