22:40 / 14.09.2024
42

Zelenskiy: “Rossiya navbatdagi tinchlik sammitiga taklif qilinadi”

Zelenskiy: “Rossiya navbatdagi tinchlik sammitiga taklif qilinadi”
Foto: Reuters
2024 yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan navbatdagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti tashkilotchilari Rossiyani taklif qilmoqchi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tayanib Le Monde nashri xabar berdi.

Avvalroq Zelenskiy sentyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan urushni tugatish bo‘yicha “g‘alaba rejasi”ni taqdim etish uchun yangi uchrashuv o‘tkazishini e’lon qilgan.

Nashrning qayd etishicha, Zelenskiy hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning taklifi “Ukrainaga urushni tinchlikka yo‘naltirish uchun yetarli kuch beradigan o‘zaro bog‘liq yechimlar tizimini” o‘z ichiga oladi.

Iyul oyi boshida Bloomberg Ukraina 2024 yil noyabriga rejalashtirilgan AQSH prezidentlik saylovlari oldidan Rossiya bilan harbiy mojaroni adolatli, tinch yo‘l bilan hal etishga erishish uchun yangi konferensiya o‘tkazishga va Rossiyani bunga taklif qilishga intilayotgani haqida xabar bergan edi.

Rossiya Ukraina tinchlik sammitlari kabi tadbirlarda ishtirok etish niyatida emas”, degan edi Rossiya TIV vakili Mixail Galuzin yuqoridagi xabarlarga javoban.

U Rossiya tomonining rad javobini sammit tashkilotchilari Ukraina tinchlik formulasini tasdiqlab, boshqa tashabbuslarni “e’tiborsiz qoldirilishi” bilan izohlagan.

Birinchi Global Tinchlik Sammiti joriy yilning iyun oyida Shveysariyada bo‘lib o‘tgan edi va unda 90 dan ortiq davlat vakillari qatnashgan. Rossiya taklif etilmagan, bir qancha davlatlar quyi darajadagi delegatsiyalarni yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Rossiya navbatdagi tinchlik sammitiga taklif qilinadi”