09:00 / 19.09.2024
81

O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi

O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Tashkilotga a’zo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini 12 oy ichida okkupatsiya qilishini to‘xtatish va agar qaror bajarilmasa, sanksiyalar kiritish talabini o‘z ichiga olgan rezolyutsiyaga ovoz berdi.

Falastin davlati tomonidan o‘nlab boshqa davlatlar bilan birgalikda taklif etilgan rezolyutsiya uchun 124 ta delegatsiya ovoz berdi. 43 ta davlat betaraf qoldi, 14 tasi esa qarshi chiqdi, deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida.

Rezolyutsiya Isroil qo‘shinlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni, yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishni, bosib olingan yerlar va mol-mulkni qaytarishni, shuningdek, ko‘chirilgan falastinliklarni qaytarish imkoniyatini talab qiladi.

BMT Xalqaro sudining 1967 yildan beri Falastin hududlari bosib olinishi “noqonuniy” degan maslahat xulosasiga asoslanadi.

Isroil rezolyutsiyani qat’iyan rad etdi. Yahudiy davlatining BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ovoz berishni “Falastin muxtoriyatining diplomatik terrorizmini qo‘llab-quvvatlovchi sharmandali qaror” deb atadi.

AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ovoz berishdan oldin rezolyutsiyani “fitna qo‘zg‘atuvchi” deb qoraladi va uning “tinchlik ishiga hech qanday foyda keltirmasligini” ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi