11:30 / 19.09.2024
30

Tramp ilk bor bitkoinda tarafdorlariga burger sotib oldi (video)

Tramp ilk bor bitkoinda tarafdorlariga burger sotib oldi (video)
Foto: Getty Images
Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Nyu Yorkdagi barda tarafdorlariga bitkoinda burgerlar sotib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp Manxetten shahridagi PubKey bariga kirgan. Bardagi odamlar esa uni olqishlar bilan kutib olgan. Shunda sobiq prezident ularni burgerlar bilan siylagan. PubKey asoschilaridan biri Dryuv Armstrongning so‘zlariga ko‘ra, Tramp burgerlarga 998,70 dollar sarflagan. U Strike nomli ilova orqali to‘lovni amalga oshirgan. Bar esa bitkoinni olish uchun Zaprite ilovasidan foydalangan.

PubKey'ning yana bir asoschisi Tomas Pacchia, bu Bitcoin uchun “katta ta’sirga ega” ekanini aytmoqda. Uchinchi marta prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Tramp AQSHni “Kripto sayyorasi”ga aylantirishga va’da berayotgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ilk bor bitkoinda tarafdorlariga burger sotib oldi (video)